Putinning odami Mirziyoyev qabulida bo‘ldi
Jamiyat
−
11 fevral
12733O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 11 fevral kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Maksim Oreshkin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv avvalida Maksim Oreshkin davlat rahbariga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
“O‘tgan yil may oyida O‘zbekistonga amalga oshirilgan davlat tashrifi va boshqa oliy darajadagi muloqotlar davomida erishilgan kelishuvlarni tasdiqlangan "yo‘l xaritasi"ga muvofiq amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, savdo-iqtisodiy hamkorlikning rivojlanish sur’atini saqlab qolish, sanoat kooperatsiyasi va elektron tijorat loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, suv xo‘jaligi, oliy ta’lim va muhandis kadrlar tayyorlash, sun’iy intellekt, madaniy almashinuv va sport sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kompleks choralar ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 yanvar kuni O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri Andrey Belousovni qabul qilgandi.
LiveBarchasi