Putinning Donbassga bormoqchiligi aytildi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Donbassga tashrif buyuradi, biroq hozircha bunday safar uchun aniq rejalar yo‘q. Bu haqda bugun, 9 noyabr kuni jurnalistlarga davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi. 

“Hozircha aniq rejalar yo‘q, lekin Putin Donbassga boradigan vaqt kelishiga shubha qilmayman, albatta. Bu [vaqt] Rossiya hududlari va u (Putin) o‘sha yerda bo‘ladi”, deydi Kreml vakili. 

Rossiya Prezidentining Indoneziyadagi yigirmalik (G20) yig‘ilishidagi ishtirokini izohlar ekan, Peskov Kreml turli formatlarni muhokama qilishda davom etishini aytdi. 

Bundan tashqari, Kreml vakili Moskva AQSH Kongressiga 8 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan oraliq saylov natijalarini tahlil qilayotganini ta’kidladi.  

“Biz hamma narsani tashlab, tomosha qildik deyish ham mumkin emas. Bizning ishimiz juda ko‘p, ular biz uchun muhimroqdir. Lekin, albatta, biz kelayotgan ma’lumotlarni sinchkovlik bilan tahlil qilmoqdamiz”, deydi Peskov. 

Uning fikricha, AQSH Kongressiga saylovlar Rossiya-Amerika munosabatlariga hech qanday ta’sir ko‘rsata olmaydi, aloqa hozircha yomon bo‘lib qoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Donbass

Baholaganlar

205

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing