Ukraina Donbassdan voz kechishga tayyor – OAV

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning ikki nafar maslahatchisi Kiyev Donetsk viloyatining sharqiy qismidagi ayrim hududlar ustidan nazoratdan voz kechishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda manbalarga tayanib, “The Atlantic” jurnali xabar berdi.

Nashr muxbiri Saymon Shusterga ko‘ra, qo‘shinlarni olib chiqishni qonuniylashtirish uchun joriy yil bahorida tinchlik rejasi bo‘yicha referendum o‘tkazish varianti ko‘rib chiqilgan. Maslahatchilarning aytishicha, ovoz berishni Ukraina prezidentlik saylovlari bilan bir kunda o‘tkazish mumkin.

Intervyuda Vladimir Zelenskiy bunday yondashuvga qarshi emasligini, bu saylovchilarning faolligini oshirishi va natijalarni rossiyaliklar tomonidan shubha ostiga olishni qiyinlashtirishi mumkinligini bildirgan. Shu bilan birga, u buning uchun Rossiya va Ukraina o‘rtasida halol kelishuvga erishish zarurligini ta’kidlagan.

Saymon Shuster ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina Prezidenti ofisi rahbari Kirill Budanov Zelenskiy yordamchilari bilan Ukraina armiyasining Donbassning ayrim hududlaridan chiqishi uchun uzoq muzokaralar olib borgan.

Nashrning qayd etishicha, Zelenskiy atrofidagi ayrim shaxslar tinchlik bitimini tuzish imkoniyati tez orada yopilishi mumkinligidan xavotirda. Ularning fikricha, bu mojaroning yana ko‘p yillarga cho‘zilib ketishiga olib kelishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina prezidentlik saylovlari va Rossiya bilan ehtimoliy tinchlik shartnomasi bo‘yicha referendum o‘tkazish masalasini muhokama qilishni boshlagani haqida xabar berilgandi. AQSH ma’muriyati Ukraina tomonidan prezidentlik saylovi va tinchlik kelishuvi bo‘yicha referendumni 15 mayga qadar o‘tkazishni talab qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Vladimir Zelenskiy Donbass

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing