Putin YeOIIning yubiley sammiti qayerda o‘tkazilishini aytdi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOII) yubiley sammitini 2024 yilning may oyida Moskvada o‘tkazishni taklif qildi. U bu haqda kecha, 25 dekabr kuni Sankt-Peterburgda tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlari bilan uchrashuvda so‘z ochdi. 

“Biz bir necha bor ta’kidlaganimizdek, kelasi yil YeOII ta’sis shartnomasi tuzilganiga 10 yil to‘ladi. Biz hozir tor doirada kelishib oldikki, bu yubiley tadbiri ekanligini hisobga olib, barcha mening taklifimga rozi bo‘ldi. 2024 yil may oyida Moskvada ushbu yubileyga bag‘ishlangan sammit o‘tkaziladi”, deydi Putin Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida. 

Putinning qayd etishicha, mazkur sammit beshlik doirasida integratsiyani chuqurlashtirish, mamlakatlar fuqarolari farovonligi va hayot sifatini yaxshilash bo‘yicha yaqin va qo‘shma ishlarning yangi o‘n yilligini ochadi.  

“Bu borada aniq yo‘nalishlar bugun qabul qilingan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida 2030 yilgacha va 2045 yilgacha bo‘lgan davrda iqtisodiy jarayonlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli deklaratsiyada belgilab qo‘yilgan”, deydi Rossiya Prezidenti. 

Putinning qo‘shimcha qilishicha, Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi va YeOII sudi hay’ati tarkibini yangilash bo‘yicha loyihalar va qarorlar Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishiga tayyorlangan. 

“Fursatdan foydalanib, hay’atning barcha amaldagi a’zolariga, sudyalarga, ayniqsa boshqaruv raisi Mixail Vladimirovich Myasnikovichga Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi rivojiga qo‘shgan katta hissasi uchun minnatdorchilik bildiraman”, deydi Putin.  

Myasnikovich komissiyaning ritmik va samarali ishlashi uchun haqiqatan ham ko‘p ish qilganini ta’kidladi. 

Rossiya rahbari, shuningdek, 2024 yil 1 fevraldan Kengash rahbari lavozimiga kirishadigan Bakitjan Sagintayevni ham qutlab, uni yig‘ilganlar yaxshi bilishini urg‘uladi.

“Ishonchim komilki, u hech ikkilanmasdan o‘z yangi mas’uliyatini zimmasiga oladi”, deya qo‘shimcha qildi Prezident Sagintayev Qozog‘iston prezidenti ma’muriyatida ishlagan,  hukumat raisi va Qozog‘iston bosh vaziri bo‘lganini eslatib.  


Maqola muallifi

Teglar

EOII

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing