Putin va Rahmon yaqin kunlarda Moskvada uchrashadi

Olam

image

Rossiya va Tojikiston Prezidentlari Vladimir Putin va Imomali Rahmon “yaqin kunlarda” Moskvada uchrashadi. Bu haqda Putin Tojikiston rahbariga tug‘ilgan kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrik telegrammasida yozgan. Tabrik matni Imomali Rahmonning matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

“Yaqin kunlarda Moskvada bo‘lib o‘tadigan uchrashuvimiz arafasida, muhtaram Imomali Sharifovich, sizga chin qalbimdan mustahkam sog‘lik, osoyishtalik va hukumat faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilayman”, deb yozgan Putin.

Rossiya Prezidenti Rahmonning strategik sheriklik va “davlatlar o‘rtasidagi hamjihatlikni” mustahkamlash borasidagi “doimiy sa’y-harakatlarini” yuqori baholashini qo‘shimcha qilgan.

“Siz vatandoshlaringiz orasida ham, jahon miqyosida ham haqli ravishda yuksak hurmat-ehtiromga egasiz, Tojikiston sizning rahbarligingizda mintaqaviy va xalqaro munosabatlarda muhim konstruktiv rol o‘ynab, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo‘lidan muvaffaqiyatli bormoqda”, deyiladi telegrammada.

Imomali Rahmon 1952 yil 5 oktyabrda Tojikistonning Xatlon viloyati Dang‘ara shahrida tug‘ilgan. Bugun 72 yoshni qarshilagan siyosatchi 1994 yildan buyon Tojikiston Prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda.

Ma’lumot uchun, kecha, 4 oktyabr kuni Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov kelasi hafta Rossiya Federatsiyasida MDH Davlat rahbarlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi, 7 oktyabr kuni kechqurun esa Hamdo‘stlik mamlakatlari rahbarlari Moskvaga kelishi, Putin ham tadbirda ishtirok etishini bildirdi.  7 oktyabr kuni Putin ham 72 yoshga to‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Tojikiston Vladimir Putin Imomali Rahmon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing