Putin va Lukashenko Ukrainaga NATO qo‘shinlari joylashtirilishi masalasini muhokama qildi 

Olam

image

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Ukrainada NATO qo‘shinlarining joylashtirilishiga birgalikda javob berishga kelishib olganini ma’lum qildi.  

Prezident saytining xabar berishicha, bugun, 27 sentyabr kuni Lukashenko Belarus kuch bloki rahbariyatini davlat chegarasidagi vaziyat haqida hisobot bilan qabul qiladi. 

“Ko‘ryapsizmi, ular NATO qo‘shinlarini u yerga, Ukrainaga sudrab borishyapti. O‘quv markazlari niqobi ostida ular aslida bazalar yaratadi. AQSH Ukrainada bazalar o‘rnatadi. Biz bunga munosabat bildirishimiz kerak”, degan Belarus rahbari. 

Lukashenko bu masalada Putin bilan maslahatlashganini ta’kidlagan. 

“Biz Rossiya Prezidenti bilan bu masala bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazdik va o‘tkazyapmiz hamda u yerda ba’zi choralar ko‘rish kerakligi to‘g‘risida kelishib oldik”, degan Prezident. 

Avvalroq, Lukashenko rasmiy Minsk va Moskva 1 milliard dollardan ortiq summaga teng qurol yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Belarus'

Baholaganlar

188

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing