Putin va Lukashenko uchrashuvi boshlandi
Olam
−
17 fevral 2023
4611Rossiya Prezidenti Vladimir Putin belaruslik mavqedoshi Aleksandr Lukashenko bilan muzokaralarni boshladi. Ikki davlat rahbarlarining bu yilgi ilk uchrashuvi Moskva yaqinidagi Novo-Ogaryovo qarorgohida bo‘lib o‘tmoqda.
Kreml matbuot xizmatida qayd etilganidek, kun tartibidan ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilikni, shuningdek, Ittifoq doirasidagi integratsion hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari bor.
Moskvaga tashrifi arafasida Lukashenko Putin bilan suhbatda xavfsizlik, mudofaa va ikki davlat hukumatlarining iqtisodiy sohadagi ko‘rsatmalarini bajarish masalalariga to‘xtalib o‘tishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Belarus prezidenti, xususan, respublikada qo‘shinlarni qo‘shma guruhlash masalasi muhokama qilinishi mumkinligini istisno etmay, ikki davlat harbiylari tajovuzni qaytarishga tayyor turish maqsadida jangovar muvofiqlashtirish ishlarini olib borayotganini ta’kidladi. U aytib o‘tgan boshqa mavzular qatoriga energiya va import o‘rnini bosish kiradi.
So‘nggi bor davlat rahbarlari o‘tgan yilning dekabr oyi oxirida Sankt-Peterburgda uchrashib, u yerda MDHning norasmiy sammiti bo‘lib o‘tgan edi.
LiveBarchasi