Putin va Erdo‘g‘an nimalarni kelishib oldi?
Olam
−
06 may 2021
8145Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Turkiya Prezideni Rajab Toyib Erdo‘g‘an telefon orqali muzokara o‘tkazdi.
Ta’kidlanishicha, siyosatchilar koronavirusga qarshi kurashni, shu jumladan, Turkiyadagi mavjud vaziyatni muhokama qilgan.
"Rossiyaning ushbu yo‘nalishda amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyorligi ta’kidlandi. Xususan, shu oydan boshlab Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasini yetkazib berish to‘g‘risida gaplashdik", deyilgan Kreml matbuot xizmati xabarida.
Bundan tashqari, Turkiyada "Sputnik V" vaksinasi ishlab chiqarilishi ham mumkin.
Erdo‘g‘anga ko‘ra, bu vaziyatni tubdan yaxshilashga va turizm sohasidagi o‘zaro aloqalarni oshirishga imkon beradi.
Shuningdek, Putin va Erdo‘g‘an mintaqaviy muammolarga ham to‘xtalib o‘tgan. Ular, xususan, Suriyadagi, Liviyadagi vaziyatni, tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘dagi mojaroni ham muhokama qilgan.
Avvalroq, Turkiya joriy yilning 1 iyunidan boshlab Rossiya bilan parvozlarni tiklashga tayyorligi ma’lum bo‘lgandi.