Putin Ukrainani “terrorchi davlat” deb atadi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Rossiya osmoni tobora xavfli bo‘lib borayotgani haqidagi bayonotini “davlat terrorizmiga teng” deb atadi. Bu haqda u kecha, 1 sentyabr kuni Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitidan keyingi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Ular bizdan muzokaralarni qayta boshlashni, yuzma-yuz uchrashuvlar o‘tkazishni so‘ramoqda. Terrorchilar bilan muzokara olib borilmaydi”, degan Putin.

U, shuningdek, Rossiya havo hududida qandaydir fojia yuz bersa, Moskva bunga javob qaytarishini ham bildirgan.

“Agar shunday fojialar ro‘y bersa, biz bunga javob berish yo‘lini topamiz”, degan Rossiya Prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zelenskiy Rossiya havo hududidan foydalanayotgan xalqaro aviakompaniyalarni ogohlantirgan edi. U Rossiya osmoni tobora xavfli bo‘lib borayotganini va “Rossiya osmonidagi xavfsiz kunlar tugaganini” aytgan. Zelenskiyning ta’kidlashicha, Ukraina Rossiyaning harbiy ob’ektlari hamda urushni qo‘llab-quvvatlayotgan iqtisodiy infratuzilmaga qarshi dron va raketa zarbalarini davom ettiradi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing