Putin Ukrainaga qarshi necha yil urishmoqchi ekanini aytdi
Olam
−
28 dekabr 2023 28981 2 daqiqa
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin xitoylik mavqedoshi Si Szinpinga Ukrainaga qarshi urush kamida besh yil cho‘zilishini aytgan. Bu ma’lumot Xitoy yetakchisining Moskvaga tashrifidan roppa-rosa 9 oy o‘tib, "sizib chiqdi". Bu haqda “Nikkie Asia” nashri ma’lum qildi.
Nashrning yozishicha, Putinning bu rejasi Szinpinnni Rossiya oxir oqibat g‘alaba qozonishiga ishontirgan bo‘lishi mumkin, chunki uzoq davom etgan urush oxir-oqibat Moskvaning foydasiga hal bo‘lishi ehtimoli katta.
"Putin o‘z so‘zlari bilan Xitoy rahbariga Rossiyaga nisbatan pozitsiyasini o‘zgartirmaslik haqida ogohlantirmoqchi bo‘lgan" deydi nashr.
Ayni paytda, Si Szinpinnning Moskvaga tashrifi oldidan NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg G‘arbni Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi uzoq muddatli qarama-qarshilikka tayyorlanishga chaqirgandi, zero Moskva butun Ukraina hududi ustidan nazorat o‘rnatish niyatidan haligacha voz kechmagan.
“2024 yil oxirigacha Putin Donetsk va Lugansk viloyatlarini to‘liq bosib olishga va rus armiyasini Xarkov viloyatidagi Oskol daryosiga olib chiqishga umid qilmoqda. Shundan so‘ng, 2026 yilning oxirigacha, u Zaporoje, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlarining aksariyat qismini, shu jumladan, ularning markazlarini qo‘lga kiritib, g‘arbga borishni rejalashtirmoqda”, deyiladi manbada.
Eslatib o‘tamiz, Putin joriy yilning 14 dekabr kungi matbuot anjumanida Ukrainada qachon tinchlik bo‘ladi degan savolga “Maqsadlarimizga erishganimizda”, deya javob bergandi.
Live
Barchasi