Putin To‘qayevga ham Tramp bilan nimaga kelishgani haqida gapirib berdi

Olam

image
Tramp Putinga qizil gilam to‘shadi. Ular nihoyat birga north_east

Tramp Putinga qizil gilam to‘shadi. Ular nihoyat birga

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kecha, 17 avgust kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qilib, Alyaskadagi Rossiya-Amerika sammiti natijalari haqida axborot berdi. Bu haqda ikki davlat rahbarlarining matbuot xizmati xabar berdi.

To‘qayev Alyaskada AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lgan muzokaralari bilan tabrikladi. To‘qayevning so‘zlariga ko‘ra, sammit Amerika tomonining Kremlning Ukraina bo‘yicha pozitsiyasini tushunishini yaxshilagan, bu esa “ushbu murakkab masala bo‘yicha umumiy til” topishga yordam beradi.

Qozog‘iston rahbarining ta’kidlashicha, Alyaskadagi uchrashuv “jahon miqyosida o‘zaro tushunish” doirasida Rossiyaning pozitsiyasini mustahkamlashda muhim voqeadir. To‘qayevga ko‘ra, keskin vaziyatda muzokaralarning tashkiliy darajasi katta siyosiy ahamiyatga ega.

Putin, o‘z navbatida, To‘qayevga Alyaskada bo‘lib o‘tgan muzokaralarning ayrim o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, Rossiya-Qozog‘iston hamkorligi kun tartibidagi ayrim dolzarb masalalar, jumladan, energetika sohasida o‘zaro manfaatli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish jarayoniga ham to‘xtalib o‘tilgan.

Putin shu kuni belaruslik Aleksandr Lukashenko bilan ham telefon orqali muloqot qildi. Rossiya yetakchisi Ankorijda AQSH Prezidenti bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijalari haqida ma’lum qildi. Aleksandr Lukashenko Ukraina inqirozini tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan qadamlarni olqishladi va o‘z navbatida, Donald Tramp bilan 15 avgust kuni bo‘lib o‘tgan telefon muloqoti haqida gapirdi.

Qayd etish joiz, 8 avgust kuni Putin O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Xitoy rahbari Si Szinpin hamda Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan ham telefon orqali suhbat o‘tkazgandi. O‘shanda Putin deyarli barcha suhbatlarida 6 avgust kuni Moskva shahrida AQSH Prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan o‘tkazilgan muzokaralarning asosiy natijalari haqida ma’lumot bergan. 

Eslatib o‘tamiz, Putin kecha, 17 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ham telefon orqali muloqot qilib, unga ham 15 avgust kuni Ankorij shahrida o‘tgan Rossiya-AQSH sammitining asosiy natijalari to‘g‘risida ma’lumot bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Donal'd Tramp Qosim-Jomart To'qaev Alyaska

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing