Putin “tizgindan chiqayotgan” To‘qayev bilan uchrashadi

Olam

image

Ertaga, 19 avgust kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Sochiga tashrif buyuradi. Tashrif davomida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashib, muzokara o‘tkazadi. Bu haqda Kreml saytida xabar berildi.

“Yuqori darajadagi muntazam muloqotni davom ettirishda Rossiya-Qozog‘iston strategik sheriklik va hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.

Kremlning qo‘shimcha qilishicha, davlat rahbarlari integratsiya birlashmalari, jumladan, Qozog‘iston joriy yilda raislik qilayotgan MDH doirasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalasiga ham to‘xtalib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi marta To‘qayev Putin bilan joriy yilning 17 iyun kuni Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida uchrashgan edi. Forumda To‘qayev Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini kvazi-davlat deb atab,  Qozog‘iston ularning mustaqilligini tan olmasligini bildirgandi.

Bundan tashqari, Qozog‘iston G‘arbning ayrim sanksiyalarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorlanayotgan edi: iyul oyi boshida Qozog‘iston Moliya vazirligi sanksiya ro‘yxatiga kiritilgan tovarlarni Rossiya va Belarusga yetkazib berishni taqiqlovchi buyruq loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qildi. 6 iyul kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov buni izohlar ekan, hozircha hech qanday qaror yo‘qligini va “hukumatlar doimiy aloqada” ekanini aytdi. Shundan keyin hujjatning qabul qilinishi haqida xabar berilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Putin To'qaev

Baholaganlar

355

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing