Putin xorijliklarga fuqarolik berish shartlarini yengillashtirdi
Olam
−
13 may 2023
10431Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 2019-2025 yillarga mo‘ljallangan migratsiya siyosati konsepsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi farmonni imzoladi. Ushbu o‘zgarishlarga muvofiq, Rossiya hukumati chet elga ketgan rossiyaliklar sonini kamaytirish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rishi belgilandi. Hujjat rasmiy portalda e’lon qilindi.
“2022 yilda o‘zgargan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar ta’sirida Rossiya Federatsiyasi aholisining chet elga migratsiya oqimi ko‘paydi. Shu munosabat bilan, inson kapitalini saqlash, Rossiya Federatsiyasi aholisining chet elga chiqib ketishini kamaytirish uchun jozibador moliyaviy, ijtimoiy va boshqa mexanizmlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar talab etiladi”, deyiladi hujjatda.
Aytilishicha, ko‘zlangan maqsadlarga erishishga qaratilgan chora-tadbirlar sifatida mamlakatda doimiy yashovchi va otasi yoki onasi Rossiya pasportiga ega bo‘lganlar uchun Rossiya fuqaroligini olish tartibi osonlashtirilgan. Bundan tashqari, farmondan kelib chiqadiki, rus tilida so‘zlashuvchi deb tan olingan chet elliklar, ya’ni Belarus, Ukraina, Qozog‘iston va Moldova fuqarolari uchun fuqarolikni olishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilgan.
Shuningdek, konsepsiyaning Xorijiy fuqarolarni moslashtirish bo‘limiga irqiy, ijtimoiy, milliy yoki diniy mansublik asosida kamsitishning har qanday shaklining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rish zarurligi to‘g‘risidagi band qo‘shilgan.
LiveBarchasi