Putin Rossiyada safarbarlik qachon tugashini aytdi
Olam
−
14 Oktabr 2022
17261Rossiyada “Safarbarlik tadbirlari” ikki hafta ichida yakunlanadi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi, deya xabar beradi TASS.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, hozirda 222 ming kishi safarbar qilingan, ulardan 33 ming nafari bo‘linmalarda, 16 ming nafari jangovar topshiriqlarni bajarmoqda.
Putin shuningdek, “yaqin kelajakda” safarbarlik ko‘lamini kengaytirishga hojat yo‘qligini ta’kidladi.
Prezident safarbarlik e’lon qilinganini Ukraina qo‘shinlari bilan to‘qnashuv chizig‘i 1,1 ming kilometrni tashkil etishi va “uni faqat shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatga olingan askarlar ko‘magida himoya qilishning iloji yo‘qligi” bilan izohlagan.
Eslatib o‘tamiz, 21 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti mamlakatda qisman safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, 300 ming kishi, birinchi navbatda, jangovar tajribaga ega va qo‘shinlar uchun zarur bo‘lgan harbiy ixtisosligi bo‘yicha rezervga chaqiriladi. Oktyabr oyining boshidagi holatga ko‘ra safarbarlik doirasida 200 mingdan ortiq kishi armiyaga chaqirilgan.
Mustaqil kuzatuvchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 5 oktyabrga qadar kamida 213 ming kishi safarbar qilingan. Shu bilan birga, bu ma’lumotlar faqat Rossiyaning 53 mintaqasi uchun olingan va aslida bundan ko‘proq bo‘lishi mumkin.
LiveBarchasi