Putin Rossiyada ichkilikbozlik muammosini hal qilish yo‘lini aytdi

Olam

image

Kecha, 21 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Magadan viloyati gubernatori Sergey Nosov bilan muhokama vaqtida hududdagi ichkilikbozlik darajasi yuqori ekanligiga e’tibor qaratdi. Uning fikricha, bu muammo vujudga kelishiga ijtimoiy infratuzilmalarning rivojlanmagani sabab bo‘lgan.

“Bunga taqiqlar emas, xalqda o‘z-o‘zini rivojlantirish imkoniyatlarining mavjudligi yordam beradi. Odamlar biror narsa bilan shug‘ullanishi kerak. Ular o‘zlari qiziqqan ishni qilishi, sevimli mashg‘ulotlarini bajarishi lozim. Bu avvalo jahon, qolaversa Rossiya tajribasi. Umuman olganda, bu borada mamlakat bo‘yicha yaxshi natijalarga erishmoqdamiz”, degan u.

Vladimir Putin nafaqat ta’lim va tibbiyot haqida gapirayotgani, balki, madaniyat maskanlar va sport inshootlarini yaratishga ko‘proq e’tibor qaratish lozimligini ta’kidlab, Magadan gubernatoridan bu masalaga alohida e’tibor qaratishni so‘ragan.

Ma’lumot o‘rnida, Putin avgust oyida Vladimirskaya viloyati gubernatori Aleksandr Avdeyev bilan muloqot vaqtida ham ichkilikbozlik muammosini ko‘tarib, “Muammoga taqiqlar bilan emas, sog‘lom-turmush tarzi targ‘iboti bilan kurashish kerak”, ekanini aytgan. Kirov viloyati gubernatori Aleksandr Sokolov bilan suhbat vaqtida esa kam daromad va boshqa muammolar aholi o‘rtasida ichkilikbozlikning oshishiga olib kelishini ta’kidlab, “muammolarni gilam ostiga yashirib, bo‘yoqqa bo‘yamasdan”, dolzarb masalalar bilan shug‘ullanishga chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Putin

Baholaganlar

551

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing