Putin portlatib yuborilgan jurnalistning oilasiga maktub yozdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin avtomobil portlashi oqibatida halok bo‘lgan jurnalist Darya Duginaning oilasiga hamdardlik bildirdi, telegramma matni bugun, 22 avgust kuni Kreml saytida e’lon qilindi. 

“Hurmatli Aleksandr Gelevich va Natalya Viktorovna, boshingizga tushgan eng og‘ir, tuzatib bo‘lmaydigan yo‘qotish munosabati bilan samimiy hamdardlik va qo‘llab-quvvatlash so‘zlarini qabul qiling”, deydi davlat rahbari marhumaning ota-onasiga. 

Putinga ko‘ra, yomon, shafqatsiz jinoyat Darya Duginaning hayotini qisqartirdi – chinakam rus qalbiga ega yorqin, iste’dodli shaxs – mehribon, muhabbatga boy, ko‘ngilchan va ochiq. 

“Jurnalist, olima, faylasuf, harbiy muxbir, u xalqqa, Vatanga halol xizmat qildi, Rossiya vatanparvari bo‘lish nimani anglatishini amalda isbotladi”, deb yozadi Prezident o‘z maktubida.

Putin Darya Duginaning xotirasi qarindoshlari va do‘stlari, uning hamfikrlari va hamkorlari tomonidan abadiy saqlanib qolishini ta’kidladi. Prezident fojia munosabati bilan jurnalistning oilasiga kuch va jasorat tiladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 avgust kuni rus faylsufi va siyosatchisi Aleksandr Duginning qizi Darya Dugina Toyota Land Cruiser avtomobiliga o‘rnatilgan qo‘lbola portlovchi uchkuna portlashi oqibatida vafot etdi. 

O‘sha kuni Dugina otasi bilan birga Prezidentning Madaniy tashabbuslar jamg‘armasi, Moskva viloyati Madaniyat va turizm vazirligi hamda Odinsovo ma’muriyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan “An’ana” vatanparvarlik festivalida qatnashgan. Tadbir tugagandan so‘ng, Dugin va qizi birga ketishi kerak bo‘lgan, biroq ma’lum bir sabablarga ko‘ra, ular turli mashinalarda yo‘lga chiqishgan.

Tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi rahbari Denis Pushilin o‘zining Telegram'dagi sahifasida Darya Duginaning o‘limida Ukrainani ayblab chiqdi. 

 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Dar'ya Dugina

Baholaganlar

259

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing