Putin Ozarbayjon urib tushirgan Mi-24 qurbonlarini mukofotladi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Armaniston osmonida Ozarbayjon Qurolli kuchlari tomonidan urib tushirilgan Mi-24 vertolyotining uchta ekipaj a’zosini "Jasorat" ordeni bilan taqdirladi.  Tegishli farmon bugun, 14 noyabr kuni davlat rahbarining veb-saytida e’lon qilindi. 

Mukofot katta leytenant Vladislav Gryazin, mayor Yuriy Ischuk (vafotidan keyin) va katta leytenant Roman Fedin (vafotidan keyin) “harbiy vazifani bajarishda ko‘rsatgan jasorati va fidoyiligi uchun" loyiq deb topilgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 noyabr kuni Armaniston va Ozarbayjonning chegara hududida Rossiya Qurolli kuchlariga tegishli Mi-24 vertolyoti urib tushirilgani haqida xabar berilgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay, Armaniston Ozarbayjon tomoni Rossiyaning Mi-24 vertolyotini urib tushirgani aks etgan suratlarni e’lon qildi. Rasmiy Baku esa Rossiya vertolyotini urib tushirganini tan oldi. Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putindan Mi-24 vertolyoti urib tushirilgani bois uzr so‘radi

Ilhom Aliyev Ozarbayjon-Armaniston chegarasining Naxchivan qismidagi Rossiya havo kuchlarining urib tushirilgan vertolyoti bilan bog‘liq fojia munosabati bilan hamdardlik bildirgan.  

Davlat rahbari qorong‘ulikda Rossiyadan Mi-24 vertolyoti Armaniston havo kuchlari vertolyoti bilan adashtirilgani aytib, fojiali voqea uchun Putindan uzr so‘ragan. 

Ozarbayjon rahbari, shuningdek, halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardligini bildirgan. Jarohat olgan uchuvchining tezroq sog‘ayib ketishini tilagan.  

Ozarbayjon Prezidenti shuningdek, Ozarbayjon tomoni halok bo‘lgan va jarohat olgan uchuvchilarning oilasiga tovon to‘lashga tayyorligini bildirgan. 

Prezident Ilhom Aliyev Prezident Vladimir Putinga Ozarbayjon Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgani, tergov olib borilayotgani haqida axborot bergan. Uning urg‘ulashicha, Mi-24 ning urib tushirilishida aybdorlar jazolanadi va bu haqda Rossiya tomoniga xabar beriladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Mi-24

Baholaganlar

229

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing