Putin noqonuniy migratsiyaga chek qo‘yish bo‘yicha topshiriq berdi (video)

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin jamoat tartibini saqlash, ekstremizmga qarshi kurashish, noqonuniy migratsiyaga chek qo‘yish masalalariga e’tibor qaratish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda u kecha, 2 aprel kuni bo‘lib o‘tgan Ichki ishlar vazirligi kollegiyasining kengaytirilgan yig‘ilishida so‘z ochdi.

“Jamoat tartibini ta’minlash, ekstremizmga qarshi kurashish, noqonuniy migratsiyaga chek qo‘yish, joylardagi xizmatlar faoliyati, shuningdek, Ichki ishlar vazirligining uyushgan jinoyatchilikni zararsizlantirish borasidagi faoliyati kabi ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratishingizni so‘rayman”, degan Putin.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyada faoliyat yuritayotgan jinoiy sindikatlar ko‘pincha transchegaraviy bo‘lib, xorijiy razvedka xizmatlari va xalqaro radikal ekstremistik tuzilmalarning emissarlari bilan hamkorlik qiladi. 

“Bunday turdagi jinoiy jamoalar odam savdosi va giyohvand moddalar savdosi bilan ham shug‘ullanadi, shuningdek, moliyaviy jinoyatlar va kiberjinoyatlar sodir etadi”, deydi Putin.

Eslatib o‘tamiz, “Adolatli Rossiya – Haqiqat uchun” (“Spravedlivaya Rossiya – za pravdu”) partiyasi raisi, Davlat Dumasidagi partiya fraksiyasi rahbari Sergey Mironov Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan vizasiz rejimni bekor qilishni taklif qilgandi. Rossiya Davlat Dumasining deputati Mixail Sheremet esa urush davomida Rossiyaga migrantlarning kirishini cheklash taklifini ilgari surgandi. Rossiya Ichki ishlar vazirligi esa migratsiya qonunchiligining bir qator qoidalarini kuchaytiruvchi qonun loyihasini ishlab chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin noqonuniy migratsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing