Putin nega COVID-19’ga qarshi emlanmayotganining sababini aytdi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin hamon COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanganicha yo‘q. Prezidentning o‘zi nega hamon vaksina bilan emlanmaganiga izoh berdi.

Putinning ta’kidlashicha, u mutaxassislar tavsiyalariga rioya qilyapti. Ammo emlanish niyati yo‘q emas.

“Hozircha bu vaksinani, mutaxassislar aytganidek, olmadim. Qachonki mumkin bo‘lsa, albatta shunday qilaman”, degan Putin.

Prezident Rossiyada fuqarolarni emlashda foydalanilayotgan vaksina hozircha barcha yoshdagilarga mo‘ljallanmaganini eslatgan.

“Mutaxassislarning aytishicha, bugungi kunda fuqarolik muomalasiga kiritilayotgan vaksinalar muayyan yoshdagi fuqarolar uchun mo‘ljallangan. Menga o‘xshaganlar uchun vaksina hozircha yetib kelmadi. Men bu borada qonunga ancha itoatkorman, mutaxassislar tavsiyalariga amal qilaman”, degan Putin.

Noyabr oyi oxirida prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ommaviy vaksinatsiyalash kampaniyasi hali boshlanmaganini va davlat rahbari vaksina sinovlarida ishtirok etish huquqiga ega emasligini aytgandi.

“Ko‘ngilli sifatida, albatta, davlat rahbari emlashda ishtirok eta olmaydi. Shunchaki davlat rahbari sifatida ko‘ngilli sifatida ishtirok eta olmaydi, bu mumkin emas”, degan o‘shanda Peskov.

Eslatib o‘tamiz, 2 dekabrda Putin Rossiyada koronavirusga qarshi keng ko‘lamli emlashni boshlashga ko‘rsatma bergandi. Moskvada emlash markazlari 5 dekabrdan ish boshladi, 17 dekabrga qadar, Moskva meri Sergey Sobyaninning so‘zlariga ko‘ra, 15 mingga yaqin kishi emlandi. Sergey Sobyanin shahar aholisining 7 million nafari COVID-19’ga qarshi emlanishi kerakligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

196

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing