Putin Mirziyoyevni Navro‘z bilan qutladi

Jamiyat

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Navro‘z bayrami munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“Hurmatli Shavkat Miromonovich! Bahor ayyomi Navro‘z munosabati bilan eng samimiy tabriklarimni qabul qilgaysiz”, deyiladi tabrikda.

Shuningdek, tabrikda Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida muvaffaqiyatli rivojlanayotgani qayd etilgan.

“Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan o‘zaro manfaatli ikki tomonlama aloqalarni bundan buyon ham do‘st xalqlarimiz farovonligi, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash yo‘lida faol rivojlantiramiz, deb ishonaman. Ushbu qutlug‘ ayyomda Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, chin qalbimdan mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekistonning barcha fuqarolariga esa baxt-saodat va farovonlik tilayman”, deydi Putin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  18 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon  va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, kecha, 19 mart kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qilgandi. Yetakchilar Navro‘z munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, mustahkam sog‘lik, farovonlik va muvaffaqiyatlar, birodar xalqlarga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilagan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Vladimir Putin Navro'z

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing