Putin Kiyevga zarbalarni 3 kunga to‘xtatishni buyurdi (audio)

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kiyevga 3 kun davomida zarba berishni to‘xtatish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda Kreml vakili Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“Bu amerikaliklarning Kiyevdagi uchrashuvlarini tayyorlash va o‘tkazish bilan bog‘liq”, deya tushuntirgan u.

Qayd etilishicha, bugun, 5 sentyabr kuni Putin Moskvaga yetib kelgan AQSH vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushner bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, tashrifda AQSH Prezidenti Donald Tramp aytganidek, Ukraina masalasini hal qilish bo‘yicha yangi g‘oyalar haqida gap ketmayapti. U, shuningdek, prognozlar qilishga shoshilmaslik va uchrashuvni kutishni tavsiya qilgan.

Avvalroq, AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘z vakillari Moskvaga tashrifi davomida Ukrainadagi mojaroni to‘xtatish bo‘yicha taklifni taqdim etishini aytgan edi. Biroq u tashabbus tafsilotlarini oshkor qilmagan.

Joriy yilning 1 sentyabr kuni Putin Moskva muloqot qilishni istagan barcha tomonlar bilan muzokaraga ochiq ekanini ta’kidlagan. Rossiya Prezidenti AQSH Prezidentining vakillari Kreml uchun doimo xush kelib, ular bilan hamkorlik qilishdan mamnun ekanini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff va kuyovi Jared Kushner joriy yilning 5–6 sentyabr kunlari Moskvaga, shundan so‘ng Kiyevga borishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Shundan so‘ng, AQSH Prezidenti Donald Tramp ular Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni yakunlash bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishish uchun xorijga yo‘l olishini ma’lum qilgan. Bugun, 5 sentyabr kuni Stiv Uitkoff va Jared Kushner Moskvaga yetib borgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing