Putin XOQning Rossiya sportchilariga munosabatini etnik kamsitish deb atadi
Sport
−
19 Oktabr 2023
5641Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining (XOQ) rus sportchilariga bo‘lgan munosabatini etnik kamsitish deb atadi. Bu haqda u Permda bo‘lib o‘tgan “Rossiya – sport qudrati” xalqaro forumida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.
“O‘yinlarning o‘zi siyosatga hech qanday aloqasi bo‘lmagan odamlarga nisbatan qo‘llayotgan cheklovlarini siyosiy bosim vositasi sifatida, qo‘pol va aslida irqchilik, etnik kamsitish deb, baholash mumkin”, deydi Putin.
Rossiya Prezidenti shuningdek, XOQ eng yaxshi sportchilarning o‘yinlarda ishtirok etishini, ularning so‘zsiz huquqi emas, balki “imtiyoz” deb bilishidan g‘azabda ekanini bildirgan.
“Zamonaviy Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining ba’zi rahbarlariga rahmat, biz o‘yinlarga eng yaxshi sportchilarning taklif etilishi ularning sportdagi huquqi emas, balki XOQ tomonidan berib qo‘yiladigan o‘ziga xos “imtiyoz” ekanini va uni sport natijalari orqali emas, balki “imtiyoz” sifatida qo‘lga kiritish mumkinligini bilib oldik”, deydi u.
Putin XOQ asoschilari Pera de Kuberten va Aleksey Butovskiylar davridan beri ko‘p narsa o‘zgargani va ayrimlari butunlay yo‘qolib ketganidan afsusda ekanini ta’kidlagan. Rossiya yetakchisining fikricha, hozirgi kunda XOQning sportchilarni Olimpiadaga qabul qilish borasidagi yondashuvlari sportning o‘ziga xos xususiyatiga zid kelmoqda.
“Biz Olimpiya Xartiyasi go‘yoki eskirgani va endi o‘zining avvalgi – universal xususiyatiga ega emasligini ham o‘zimiz uchun bilib oldik”, deydi Putin
Shu bilan birga, Putin xiyonat qilish, bekor qilish, almashtirish yoki sotish mumkin bo‘lmagan qadriyatlar hali ham mavjudligiga shama qilgan.
“Aslida, bu xalqaro sport harakatlarining mazmunidir”, deydi Rossiya Prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiada o‘yinlarida Rossiya va Belarus sportchilari ishtirok etsa, Ukraina va 35 davlatdan iborat koalitsiya musobaqani boykot qilishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi