Putin ikki yildan beri sanksiyalarni bekor qilishimni so‘ramoqda – Tramp

Olam

image
Tramp Saudiya shahzodasidan neft narxini xavfli darajaga tushirmaslikni so‘radi north_east

Tramp Saudiya shahzodasidan neft narxini xavfli darajaga tushirmaslikni so‘radi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashmoqchi ekanligini aytdi. Bu haqda u bugun, 30 mart kuni Amerikaning "Fox News" telekanali muxbirlariga ma’lum qilgan.

"Men "Fox News" bilan suhbatdan so‘ng darhol Putin ismli bir jentelmen bilan gaplashaman", dedi Tramp.

Ushbu muzokaralarning asosiy mavzularidan biri neft bo‘lishi kutilmoqda. Bundan tashqari, tomonlar energiya, savdo va koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilmoqchi.

Tramp Putin bilan Venesuela haqida gaplashishi mumkinligini istisno qilmadi. Amerika rahbari, shuningdek, rossiyalik hamkasbidan sanksiyalarni bekor qilish masalasini ko‘tarishini kutmoqda. 

"U buni mendan ikki yildan beri so‘ramoqda", deydi Prezident.

Xabar berilishicha, 30 mart kuni Londonda ICE birjasidagi Brent markali neftning minimal narxlari navbatdagi yangilanishni qayd etdi. 2002 yil noyabridan beri birinchi marta narx barrel uchun 23 dollardan pastga tushdi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 9 mart kuni neft qazib olish hajmining nazoratda ushlab turgan "OPEK +" bitimi to‘xtatildi. Shundan so‘ng, Saudiya Arabistoni neft qazib olishni kuniga 12 million barrelga oshirish va zaxiralarni bozorga olib chiqish niyatini bildirdi. Natijada qora oltinning narxi rekord darajada tushib ketdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Vladimir Putin Donal'd Tramp Neft' Canktsiyalar

Baholaganlar

659

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing