Putin Gorbachyov bilan vidolashdi (video)

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bugun, 1 sentyabr kuni Moskvadagi Markaziy klinik shifoxonada 30 avgust kuni vafot etgan SSSRning birinchi prezidenti Mixail Gorbachyov bilan vidolashdi. 

Prezident [Kaliningradga] jo‘nab ketishdan oldin Markaziy klinik shifoxonada to‘xtadi va u yerda Mixail Sergeyevich Gorbachyov bilan vidolashdi va tobut yoniga gul qo‘ydi.

Kreml Matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, davlat rahbarining ish jadvali 3 sentyabrga belgilangan umumiy vidolashuv marosimida ishtirok etishga “afsuski” imkon bermaydi. 

Putin Rossiya Federatsiyasi Prezidenti sifatida Gorbachyov bilan bir necha bor uchrashgan, oxirgi marta 2006 yilning mart oyida siyosatchining 75 yoshga to‘lishining ertasiga sobiq Sovet Ittifoqi rahbarini Novo-Ogaryovoda qabul qilgan. 

Mixail Gorbachyov 1931 yil 2 martda tug‘ilgan. U 1990 yil 15 martdan 1991 yil 25 dekabrgacha SSSRning birinchi va oxirgi prezidenti bo‘lgan. Bundan tashqari, u KPSS Markaziy Qo‘mitasining oxirgi Bosh kotibi va SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining raisi lavozimlarida ishlagan.

Gorbachyov 1991 yil 25 dekabrda SSSR prezidenti lavozimidan iste’foga chiqdi, shu bilan birga Sovet Ittifoqi o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Gorbachyov jamg‘armasida saqlanadigan mehnat daftarchasida uning davlat rahbari lavozimini tark etgani haqida hech qanday qayd yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Mixail Gorbachyov 30 avgust kuni kechqurun og‘ir va uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng vafot etdi

Gorbachyov Moskvadagi Novodevichiy qabristoniga, turmush o‘rtog‘i yoniga dafn etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Mixail Gorbachyov

Baholaganlar

384

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing