Putin dunyo imperiyalar davriga qaytishini xohlaydi – AQSH diplomati
Olam
−
22 fevral 2022
7971Rossiya XX asr boshigacha Chor imperiyasi nazoratida bo‘lgan hududlarni nazoratiga qaytarishga da’vogarlik qilmoqda. Bu haqda AQSHning BMTdagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild tashkilot Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishida ma’lum qildi.
“Sovet Ittifoqidan oldin, 100 yildan ko‘proq vaqt oldin mavjud bo‘lgan Rossiya imperiyasi hududlariga. Bu butun Ukrainani o‘z ichiga oladi, bunga Finlyandiya, Belarus, Gruziya, Moldova, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston, Litva, Latviya va Estoniya kiradi. Bunga Polsha va Turkiyaning bir qismi kiradi”, degan AQSH vakili Putinning ambitsiyalari haqida gapirar ekan.
Grinfild Putin dunyoni Birlashgan Millatlar Tashkiloti mavjud bo‘lmagan davrga, dunyoda imperiyalar hukmronlik qilgan davrga qaytishini istashini ta’kidlagan.
“Biroq, dunyoning qolgan qismi oldinga o‘tib ketgan”, deydi diplomat Rossiyaning istamlari haqida gapirar ekan.
Avval xabar berganimizdek, kecha, 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin rossiyaliklarga qariyb bir soat davom etgan murojaatidan so‘ng Donetsk va Lugansk xalq respublikalari (DXR va LXR) mustaqilligini tan olish to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi. Dunyo davlatlari Putinning qarorini qoralab chiqdi va G‘arb davlatlari Moskvaga qarshi sanksiyalar joriy qilish arafasida. Shuningdek, mamlakat iqtisodiyotini tutib turadigan davlat kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi.
LiveBarchasi