Tezkor! Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshladi
Olam
−
24 fevral 2022
26504Bugun, 24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi.
Prezident rossiyaliklarga qilgan maxsus murojaatida Donbassda maxsus harbiy operatsiya o‘tkazishga qaror qilganini ma’lum qildi. Uning qayd etishicha, Rossiyaning rejalarida Ukrainani bosib olish yo‘q.
Vladimir Putinning qo‘shimcha qilishicha, maxsus harbiy operatsiya o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror BMT Nizomining 51-moddasi 7-qismini inobatga olgan holda boshlangan. Ahamiyatlisi, BMT Bosh kotibi Rossiya DXR va LXRni tan olishini tashkilot nizomiga zid ekanini ma’lum qilgand.
Avvalroq rossiyaparast separatistlar nazoratidagi Donetsk va Lugansk xalq respublikalari rahbarlari Rossiyadan harbiy yordam so‘ragan edi. Federatsiya Kengashi 22 fevral kuni Rossiya qo‘shinlaridan foydalanishni ma’qulladi.
Eslatib o‘tamiz, 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH Prezidenti Jo Bayden ayrim shaxslarning mulkini bloklash va ayrim operatsiyalarni taqiqlovchi farmon qabul qildi. Hujjat DXR va LXRga sarmoya kiritishni, shuningdek, ushbu mintaqalardan har qanday tovarlar, xizmatlar yoki texnologiyalarni Qo‘shma Shtatlarga import qilishni taqiqlaydi.
Bundan tashqari, ushbu farmon o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan respublikalarda harakat qilishga qaror qilgan har qanday shaxsga nisbatan jazo choralarini qo‘llash imkonini beradi.
Qo‘shma Shtatlarda joylashgan yoki keyinchalik AQSHga kiradigan, DXR va LXR bilan bog‘liq shaxslarga tegishli bo‘lgan barcha mulk va mulkdagi ulushlar bloklanadi.
Shuningdek, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.
LiveBarchasi
26 noyabr