Putin Ashxoboddagi forum ishtirokchilarini BRICS sammitiga taklif qildi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ashxoboddagi “Zamonlar va sivilizatsiyalar munosabatlari – tinchlik va taraqqiyot asosi” forumi ishtirokchilarini Qozondagi BRICS sammitiga taklif qildi. Bu haqda u bugun, 11 oktyabr kuni forumda so‘z ochdi.

Ashxoboddagi forumda Putin Rossiya BRICS va “BRICS plus/outreach” sammitlariga mezbonlik qilishga tayyorlanayotganini eslatdi.

“Albatta, biz uchrashuvimiz mezboni Serdar Gurbangulevich Berdimuhamedov va ushbu forumda ishtirok etayotgan boshqa ko‘plab yetakchilarni Qozondagi tadbirlarda qutlashni istaymiz”,  dedi Putin.

Turkmaniston poytaxtida mamlakat Prezidenti Serdar Berdimuhamedov raisligida atoqli turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan “Zamonlar va sivilizatsiyalar o‘zaro aloqasi – tinchlik va taraqqiyot asosi” xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Armaniston Respublikasi Prezidenti Vaagn Xachaturyan, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Asif Ali Zardoriy, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon va O‘zbekiston Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Ma’lumot uchun, BRICS sammiti ikki qismdan iborat bo‘ladi. Birinchi qism – tashkilotga a’zo davlatlar majlisi bo‘lib, ushbu bosqichning asosiy tadbirlari 22 oktyabr va 23 oktyabrning birinchi yarmida bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi qism – “BRICS plus/outreach” formati bo‘yicha majlis, unda asosiy mavzu “BRICS va Global Janub – yaxshiroq dunyo yaratishda birgalikda harakat qilish” bo‘ladi. Ushbu bosqich tadbirlari 23 oktyabrning ikkinchi yarmida boshlanib, 24 oktyabrda ham davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov BRICS sammitiga Rossiya tomonidan taklif qilingan davlat rahbarlarining uchdan bir qismi Prezident Vladimir Putin huzuriga borishdan bosh tortganini ma’lum qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Turkmaniston Ashxobod BRICS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made