Putin AQSH-Rossiya sammitining maqsadini ma’lum qildi
Olam
−
13 iyun 2021
9161Shaxsiy aloqalarni qayta tiklashlari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish Shveysariyada o‘tkaziladigan AQSH-Rossiya sammitining asosiy maqsadi hisoblanadi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “Moskva. Kreml. Putin” ko‘rsatuvchi uchun bergan intervyusida aytib o‘tgan.
“Bizning shaxsiy aloqalarni tiklash, bevosita muloqotni qayta jonlantirish, o‘zaro hamkorlikni talab qiluvchi yo‘nalishlarda, men avval bu haqda aytgandim, haqiqatan samarali bo‘lgan mexanizmlarni yaratish”, degan Putin.
Putinga ko‘ra, agar turli sohalarda o‘zaro aloqalar mexanizmlarini yaratishga erishilsa, sammit besamar bo‘lmaydi. Prezident ular orasida strategik barqarorlik, mintaqaviy mojarolar, global ekologiya va iqtisodiy hamkorlikni alohida ta’kidladi.
“Agar ushbu uchrashuvdan so‘ng biz ushbu sohalarda ishlash mexanizmlarini yaratadigan bo‘lsak, menimcha yaxshi bo‘lar edi. Uchrashuv bejiz emas, deb aytish mumkin”, demoqda Rossiya yetakchisi.
Putin Oq uy ham shunday fikrda ekanini eslatdi: har ikki tomonni qiziqtirgan bir qancha masalalar bor – strategik barqarorlik, mintaqaviy mojarolar, jumladan, Liviya va Suriyadagi. Shuningdek, Putin kiberxavfsizlikni tilga oldi va uni eng muhimlaridan biri ekanini urg‘uladi.
Rossiya rahbari oliy darajadagi uchrashuvlardan oldin uning ishtirokchilari ish uchun qulay muhit yaratish maqsadida negativ gap-so‘zlarni kamaytirishga harakat qilishlarini ta’kidladi.
“Bu yerda hech qanday alohida narsa yo‘q, men o‘zimni hech narsa bilan aldamagan bo‘lardim. Bu professional yondashuv. Biz ham o‘z navbatida buni qilamiz”, degan Prezident.
Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Jo Bayden va Rossiya rahbari Vladimir Putin bir necha kunlardan keyin, aniqrog‘i 16 iyunda Shveysariyaning Jenevasida yuzma-yuz uchrashishi kutilmoqda.
Vladimir Vladimirovich amerikalik jurnalistga bergan intervyusida AQSHning sobiq Prezidenti Donald Trampdan farqli ravishda Jo Baydenni haqiqiy siyosatchi va professional, deb bilishini aytgandi.
Ma’lumot o‘rnida, yaqinda Rossiya va AQSH davlat rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga Shveysariya qattiq tayyorgarlik ko‘rmoqda. Uchrashuv XVIII asrga oid qasrda bo‘lib o‘tadi. Xavfsizlikka ham alohida e’tibor qaratilgan. O‘sha kuni mahalliy aholining ko‘chaga chiqmasligi so‘ralgan va hatto uchrashuv vaqtida mamlakat havo hududi parvozlar uchun yopilishi aytilgan.
LiveBarchasi