Jeneva Putin va Baydenni intizorlik bilan kutmoqda — Shveysariya Prezidenti

Olam

image

Shveysariya Rossiya va AQSH Prezidentlari Vladimir Putin va Jo Baydenning Jenevadagi sammitga kelishini kutmoqda. Bu haqda Shveysariya Prezidenti Gi Parmelen ma’lum qilgan.  

“Shveysariyada azaldan yaxshi xizmat ko‘rsatish an’anasi mavjud va u ikki davlat rahbarlarining Jenevaga kelishini intiqlik bilan kutmoqda”, degan davlat rahbari. 

Unga ko‘ra, Shveysariya Rossiya va Amerika rahbarlari o‘rtasidagi muloqotni davlatlararo va global muammolarni hal qilish uchun zarur deb hisoblaydi. Parmelen, shuningdek, Prezidentlarning uchrashuviga tayyorgarlik har ikki mamlakat ma’muriyati bilan yaqin aloqada olib borilayotganini qo‘shimcha qilgan. 

Avvalroq, Shveysariya hukumati Jenevada Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va AQSH Prezidenti Jo Baydenning uchrashishi munosabati bilan mamlakat havo hududining bir qismini parvozlar uchun yopishi haqida xabar bergandik.  

Ma’lumot o‘rnida, Vladimir Putin va Jo Bayden o‘rtasidagi uchrashuv 16 iyun kuni Shveysariyaning Jeneva shahridagi “La-Granj” qasrida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Bayden

Baholaganlar

13

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing