Putin AQSH bilan tuzilgan yadroviy shartnomani uzaytirish bo‘yicha taklifini bildirdi
Olam
−
16 Oktabr 2020
5651Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya va AQSH o‘rtasidagi Strategik hujum qurollarini yanada qisqartirish va cheklash to‘g‘risidagi shartnomani (SHQ-3) hech qanday shartlarsiz yana bir yilga uzaytirishni taklif qildi. Xavfszlik kengashi yig‘ilishida RF Prezidenti shunday fikr bildirgan.
Shartnoma Rossiya va AQSH o‘rtasida tuzilgan va amal qilish muddati kelasi yilning 4 fevralida tugaydi.
Putin shartnoma amal qilishdan to‘xtasa va boshqasi bilan almashtirilmasa, bu oliy darajada achinarli hodisa bo‘ladi.
“Shu munosabat bilan menda taklif bor, amaldagi shartnomani hech qanday shartlarsiz hech bo‘lmaganda bir yilga uzaytirish kerak”, degan Prezident.
Putin Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga amerikalik hamkorlar bilan o‘z pozitsiyasini shakllantirio‘ va ulardan biror tushunarli javob olishga ko‘rsatma berdi.
“O‘tgan yillar davomida SHQ-3 shartnomasi ishladi, to‘g‘ri ishladi, o‘zining cheklovchi, qurollanish poygasini to‘xtatuvchi, qurollanishni nazorat qiluvchi asosiy vazifasini bajardi. To‘g‘ri, bizda hozirda amerikaliklarda bo‘lmagan qurollar tizimi paydo bo‘ldi. Ammo biz masalaning bu tomonini muhokama qilishdan ham bosh tortmayapmiz”, degan Putin.
O‘z navbatida TIV rahbari Amerika tomonning shu shartnoma bo‘yicha takliflari Rossiya Hukumati vakolati doirasiga kirmaydigan ko‘plab shartlardan iborat bo‘lganini ta’kidladi.
“Darhaqiqat, shartnomani boricha to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzaytirish bo‘yicha ishlar boshlanmagan”, degan Lavrov.
AQSH shartnomani ikki mamlakat yadro qurollarini vaqtincha muzlatish sharti bilan uzaytirishga tayyorligini ma’lum qilgan. Shu shartlarda bo‘lsa Amerika ertagayoq shartnomani uzaytirishga tayyor.
Kreml bunga Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan yadro qurolini kamaytirish bo'yicha “aniq” kelishuvlar mavjud emas, deb javob berdi, chunki muzokaralar hali ham davom etmoqda.
“The New York Times” gazetasining ma’lum qilishicha, AQSH prezidentligiga Demokratlar partiyasidan nomzod bo‘lgan Jo Bayden shartnomani hech bir shartsiz uzaytirishga rozi. Agar u saylansa, yanvar oyida qasamyod qabul qilgach, shartnomani uzaytirish mumkin bo‘ladi.
Ma’lumot o‘rnida, SHQ-3 shartnomasi 2011 fevraldan 2021 fevralgacha amal qiladi. Kelishuvga ko‘ra, uni yana 5 yilga uzaytirish mumkin.
LiveBarchasi