Putin 2019 yilda qancha pul ishladi?

Olam

image

Rossiyada yuqori martabali amaldorlar o‘tgan yili qancha pul ishlab topgani haqida deklaratsiyani e’lon qildi. Ammo pandemiya sabab deklaratsiya e’lon qilish biroz kechikdi. Odatda amaldorlar aprelda daromadlari haqida ma’lumot berardi.

Prezident

RF Prezidenti Vladimir Putinning 2019 yildagi daromadi 9,7 mln rublni tashkil qildi. Bu 2018 yildagiga qaraganda 1,1 mln rublga ko‘p. Putinning mulklari ro‘yxatida o‘zgarish bo‘lmagan. 77 kv m maydonga ega kvartira, 18 kv m maydonli garaj. Prezident avtoparkida ikkita nodir GAZ M21, “Niva” va mashhur “Skif” tirkamasi.

Hukumat

Bosh vazir Mixail Mishustin 18,2 mln rubl daromad topgani haqida ma’lumot berdi. Mishustinning rafiqasi 54,8 mln rubl ishlab topgan. Ularnng oilasi nomida 5,5 ming kv m yer uchastkasi, 861,2 kv m maydonda uy va 141 kv m kvartira deklaratsiya qilingan.

Sanoat vaziri Denis Manturov Kreml xodimlari va Hukumat a’zolari orasida eng ko‘p daromadni deklaratsiya qilgan. Vazir 2019 yilda 586 mln rubl daromad ko‘rgan. Rafiqasi bilan birgalikdagi tushum 595,2 mln rublga teng bo‘lgan.

Ikkinchi o‘rinda 432,3 mln rubl daromad ko‘rgan Bosh vazir o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko turibdi. Uning turmush o‘rtog‘i bilan birgalikdagi mablag‘i 499,1 mln rubl.

2019 yilda eng ko‘p pul ishlab topgan uchinchi Hukumat vakili Bosh vazir o‘rinbosari, Prezidentning Uzoq Sharqdagi vakolatli vakili Yuriy Truntev. U 180 mln rubl daromadni deklaratsiya qilgan. Uning rafiqasi 2,6 mln rubl ishlab topgan.

Prezident administratsiyasi

Kreml amaldorlari orasida 2019 yilda Prezidentning davlat Dumasidagi vakili Garri Minx eng ko‘p daromad ko‘rgan. U 143,7 mln rublni deklaratsiya qilgan. Uning turmush o‘rtog‘i 122,9 rubl foyda ko‘rgan. Umumiy daromad 266,7 mln rublga teng bo‘lgan.

Prezident Matbuot kotibi Dmitriy Peskov oilasining daromadi Minxlar oilasidan biroz kamroq bo‘lgan. Peskov 2019 yilda 14,6 mln rubl ishlab topgan bo‘lsa, xotini Tatyana Navka 235,9 mlnni deklaratsiya qilgan. Oilaning umumiy yillik tushumi 250,5 mln rublga teng bo‘lgan.

Sobiq Bosh vazir Dmitriy Medvedev 2019 yilda rafiqasi bilan birgalikda 11 mln rubl daromad olgan.


Maqola muallifi

Teglar

deklaratsiya

Baholaganlar

262

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing