Putin ham Trampning ortidan Xitoyga boradi

Olam

image

Xitoy poytaxti Pekinda AQSH Prezidenti Donald Tramp davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan bir vaqtda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham Xitoyga tashrif buyurish ma’lum bo‘ldi. Bu haqda RBK xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Vladimir Putinning Xitoyga tashrifiga tayyorgarlik yakuniy bosqichda. Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov tashrif muddati allaqachon belgilanganini ma’lum qilgan.

“Yaqin orada biz ularni (muddatni — tahr.) e’lon qilamiz. Ushbu tashrifga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, tayyorgarlik ishlari yakunlandi, deyish mumkin”, deydi Kreml vakili.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp delegatsiya hamrohligida davlat tashrifi bilan Pekinga uchib borgan edi. Bu AQSH rahbarining so‘nggi to‘qqiz yil ichidagi XXRga ilk tashrifi hisoblanadi. Ma’lum bo‘lishicha, AQSH va Xitoy yetakchilarining Pekindagi muzokaralari ikki soatdan ko‘proq davom etgan. Tramp va Si Szinpin uchrashuvining markaziy mavzusi Tayvan atrofidagi vaziyat bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Donal'd Tramp Xitoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing