“A’lo darajada”. Tramp Eron böyiça kutilmagan bayonot berdi 

Olam

−

image

AQŞ Prezidenti Donald Tramp hozirça Eronga yangi hujum uyuştiriş böyiça şoşilinç rejasi yöqligini, biroq zarurat tuğilsa, harbiy harakatlarga tayyor ekanini bildirdi. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi.

Tramp naşrga telefon orqali bergan intervyusida AQŞning Eron bilan munosabatlarini “a’lo darajada” deb baholagan. Uning aytişiça, hozirça Tehronga qarşi yangi harbiy amaliyot boşlaş rejalaştirilmagan. Biroq zarurat bölsa, AQŞ bunga tayyor.

Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyahuning şu hafta Eronga hujum uyuştirilişi mumkinligiga işora qilgani haqidagi savolga Tramp:

“Men tayyorman, biz tayyormiz. Zarur bölsa, harakat qilişga tayyormiz, ammo buning uçun sabab bölmasligi ham mumkin”, degan.

AQŞ Prezidenti, şuningdek, Eronga nisbatan iqtisodiy bosim öz samarasini berayotganini ta’kidlagan. Uning fikriça, AQŞ Tehrondan talab qilgan natijalariga erişa boşlagan.

“Biz istagan barça narsaga erişayotganga öxşaymiz”, degan Tramp.

U Hormuz böğozi orqali taşilayotgan neft miqdori uruşdan oldingi darajadan oşganini da’vo qilgan. Şuningdek, AQŞ tomonidan Eron portlariga qöyilgan blokada mamlakat iqtisodiyotiga bosim ötkazayotganini aytgan.

Tramp bu vaziyatni “ajoyib holat” deb baholagan. Şuningdek, AQŞda oraliq saylovlar ötkazilganidan keyin energiya narxlari tez pasayişini bildirgan.

“Biz Eron bilan aslida uruş holatida emasmiz”, degan u.

Tramp AQŞ va Eron örtasidagi keskinlikni keng kölamli uruş deb hisoblamasligini aytgan. U avvalroq Eronning yadroviy ob’ektlariga berilgan zarbalarni eslatgan.

“Biz aslida uruş holatida emasmiz. Ularni B-2 bombardimonçi samolyotlari bilan urdik va yadroviy salohiyatini yöq qildik. Keyin yana zarba berdik”, degan AQŞ Prezidenti.

Uning ta’kidlaşiça, qariyb olti oydan beri Eron bilan haqiqiy uruş keçmayapti. Tramp mavjud vaziyatni Ukrainadagi uruş yoki jahon uruşlari bilan taqqoslamasligini bildirgan.

Bundan taşqari, Tramp Eronning qariyb 450 kilogramm boyitilgan uran zaxirasi taqdiriga oid bilvosita muzokaralar davom etayotganini ma’lum qilgan. Uning aytişiça, uşbu uran yuzlab tonna toş va tuproq ostida qolgan.

“Uning öşa yerda ekanidan mamnunman, deb ayta olmayman”, degan Tramp.

AQŞ Prezidenti mazkur zaxira Tehron bilan olib borilayotgan muzokaralarning asosiy masalalaridan biri ekanini ta’kidlagan. Biroq muzokaralar qanday yakunlanişi hozirça noma’lum.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp joriy yilning 31 oktyabr kuni Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyahu bilan telefon orqali Eron bilan olib borilayotgan muzokaralar va harbiy harakatlarni qaçon qayta boşlaş masalasi yuzasidan muloqot ötkazgandi. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing