PSG Messi bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Sport

image

Fransiyaning PSG klubi argentinalik hujumchi Lionel Messi bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, tomonlarning amaldagi kelishuvi 2023 yilning yozida tugaydi. Biroq parijliklar rahbariyati futbolchi vakillariga hamkorlikni 2024 yilgacha uzaytirmoqchi ekanini ma’lum qilgan. 

Qayd etilishicha, Messi PSGdagi kelajagi haqida 2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatidan so‘ng bir qarorga keladi. Lionel o‘zining psixologik va jismoniy holatini o‘sha paytda baholamoqchi.

PSG rasmiylari birinchi moslashuv mavsumidan so‘ng, Messi “Barselona”da ko‘rsatgan yorqin o‘yinini namoyish qilishiga ishonmoqda. Qolaversa, uning parijliklar tarkibida bo‘lishi klub uchun iqtisodiy va imidj jihatdan foydali bo‘ldi. Ya’ni, Messining transferidan so‘ng PSG 10 ta yangi homiylik shartnomasini imzoladi.

Ma’lumot o‘rnida, Messi parijliklar safiga 2021 yilning yozida erkin agent sifatida kelib qo‘shilgandi. O‘tgan davr mobaynida, u PSG safida 34 ta o‘yinda 11 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv yana bir yil muddatga amal qiladi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

PSJ Messi

Baholaganlar

59

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made