PSJ Mbappega futbol tarixidagi eng katta maoshni va’da qilmoqda

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubi 23 yoshli futbolchi Kilian Mbappeni jamoada olib qolish uchun kurashdan to‘xtagani yo‘q. PSJ jamoasi Kilianga shartnomani uzaytirish uchun 300 million yevro bonus taklif qilgan. Bu haqda “Eurosport España”  nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, yangi kelishuv shartlarida fransiyalik futbolchiga soliqlar to‘langanidan keyin yiliga 100 million yevro maosh taklif qilinmoqda. Bundan tashqari, Kilian imij huquqlarining ko‘p qismini tasarruf etishi mumkin bo‘ladi. Agar, Mbappe ushbu taklifni qabul qilsa, futbol tarixidagi eng katta maosh oladigan futbolchiga aylanadi.

Qayd etish joizki, endilikda “Real Madrid” rahbariyati Mbappening transferini amalga oshirishning iloji yo‘q, deb hisoblamoqda. Shu bilan birga, futbolchining onasi "Real Madrid" va PSJning takliflari o‘rtasida katta farq yo‘qligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum parijliklar safida Mbappe barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 36 ta gol va 26 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Joriy yilning 30 iyun kuni uning PSJ klubi bilan shartnomasi tugaydi. Shundan so‘ng, Kilian Mbappe erkin agent sifatida istalgan jamoa safiga  qo‘shilishi mumkin. “Transfermarkt” portali fransiyalik iqtidor egasini 160 million yevroga baholamoqda. Bu jahon futbolidagi eng qimmat narx hisoblanadi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

PSJ Mbappe

Baholaganlar

486

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing