PSJ Argentinaga Messi uchun cheklov qo‘ydi
Sport
−
14 noyabr 2021
8012PSJ rahbariyati Argentina futbol assotsiatsiyasiga terma jamoaning o‘yin vaqti bo‘yicha ultimatum qo‘ygani ma’lum bo‘ldi.
“Marca” xabariga ko‘ra, Parij klubi rahbariyati Leoni terma jamoaga qo‘yib yuborishga futbolchi uchun o‘yin vaqtiga cheklov qo‘yish sharti bilangina rozi bo‘lgan.
Tomonlar o‘rtasidagi og‘zaki kelishuvga ko‘ra, Leo maydonda 20 daqiqadan ko‘proq vaqt o‘tkaza olmaydi. Shu sababli Messi Urugvay terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvning (1:0) 76-daqiqasida maydonga tushgan.
Forvard 2022 yilgi Jahon chempionatining noyabr oyidagi saralash o‘yinlari uchun “albiseleste” qaydnomasiga kiritilgan edi. Shu bilan birga, Messi jarohati tufayli klubining so‘nggi ikki o‘yinida ishtirok eta olmadi.
Ma’lumot uchun, Argentina terma jamoasi 28 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Navbatdagi bahsda Skaloni shogirdlari peshqadam Braziliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
LiveBarchasi