Prokuror suddan “Saidaziz medgorodok”ga 20 yil qamoq jazosi so‘radi
3-sahifa
−
26 iyul
13033“Saidaziz medgorodok” nomi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev ishida sud tergovi tugadi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Prokuror Saidaliyevga qo‘yilgan ayblovlar o‘z isbotini topganini aytib, unga 20 yil ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinlashni so‘ragan.
Saidaziz Saidaliyev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining quyidagi moddalari bilan ayblanmoqda:
- 242-modda (Jinoiy uyushma tashkil etish) 1-qismi;
- 243-modda (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish);
- 165-modda (Tovlamachilik) 3-qismi “a” va “v” bandlari;
- 277-modda (Bezorilik) 2-qismi “b”, “v” bandlari;
- 168-modda (Firibgarlik) 4-qismi “a” va “v” bandlari;
- 211-modda (Pora berish) 3-qismi “a” va “b” bandlari;
- 277-modda (Bezorilik) 3-qismi “a” bandi bilan ayblanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 14 iyun kuni mazkur jinoyat ishi yuzasidan ikkinchi sud majlisida Saidaziz Saidaliyev aybiga qisman iqror bo‘lgandi.
LiveBarchasi