“Saidaziz medgorodok”ga sud hukmi o‘qildi
3-sahifa
−
05 avgust
34535“Saidaziz medgorodok” nomi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev sud hukmi bilan 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda sud zalidan QALAMPIR.UZ jurnalisti xabar berdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tashni belgiladi.
Saidaziz Saidaliyev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining quyidagi moddalari bo‘yicha aybdor deb topildi:
- 242-modda (Jinoiy uyushma tashkil etish);
- 243-modda (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish);
- 165-modda (Tovlamachilik) 3-qismi “a” va “v” bandlari;
- 277-modda (Bezorilik);
- 211-modda (Pora berish);
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Prokuror Saidaliyevga qo‘yilgan ayblovlar o‘z isbotini topganini aytib, unga 20 yil ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinlashni so‘ragandi.