Prokuratura va IIO xodimlari QALAMPIR.UZ jurnalistiga tahdid qilgani bo‘yicha tekshiruv boshlandi
Jamiyat
−
07 Sentabr 2021
13989Avvalroq, tadbirkor murojaatiga ko‘ra Yunusobod tumanida o‘rganish o‘tkazgan QALAMPIR.UZ jurnalisti prokuratura va ichki ishlar xodimlari tahdidiga uchragani haqida xabar bergan edik.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi mazkur holatga e’tibor qaratib, o‘rganish boshlanganini ma’lum qildi.
“QALAMPIR.UZ saytida “QALAMPIR.UZ jurnalistiga prokuratura va ichki ishlar xodimlari tomonidan tahdid qilindi” nomli videoxabar chiqarilgan.
Xabarda ko‘rsatilgan holatlar Bosh prokuratura tomonidan o‘rganilmoqda”, deyiladi xabarda.
BP Matbuot kotibi o‘rganish natijalari haqida qo‘shimcha xabar qilinishini ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, kecha, 6 sentyabr kuni tadbirkorlar murojaatiga ko‘ra, tahririyatimi jamoasi – jurnalist Feruza Najmiddinova va yurist-konsultant Shohruh Olimjonov, operator Xo‘jamiyor Xolmatov Yunusobod tumani 2-mavzega yetib borgandi.
QALAMPIR.UZ ijodiy jamoasi hududda haqiqatan ham tadbirkorlar tomonidan qurilayotgan 14 ta do‘kon sud qarorisiz buzilayotganiga guvoh bo‘lgan.
Voqea joyida bo‘lgan prokuratura xodimi videolarni o‘chirish, aks holda jurnalistni va unga hamrohlik qilayotgan QALAMPIR.UZ xodimlarini Ichki ishlar bo‘limiga olib borish va kerakli joyda gaplashish bilan tahdid qilgan.
Ayni vaqtda mazkur holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda. Birozdan so‘ng QALAMPIR.UZ guvoh bo‘lgan holat bo‘yicha to‘liq lavha e’lon qilinadi.
LiveBarchasi