Prokuratura Samarqanddagi xonadonda yuz bergan portlash tafsilotlarini ochiqladi

3-sahifa

image

Avvalroq, 18 yanvar kuni kechki payt Samarqand tumanidagi hali bitmagan xonadonlardan birida 20 ta gaz balloni portlari natijasida kuchli yong‘in kelib chiqqani haqida xabar bergan edik.

Samarqand viloyati prokuraturasi mazkur hodisa tafsilotlarini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 18 yanvar kuni soat 20:08 larda Samarqand tumani “Radjabamin” mahallasida joylashgan fuqaro O.N.ning 3 oy oldin ko‘chib kirgan yashash uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Natijada uyning 50 kv.m. maydoni, darvozaxonada turgan 2021 yilda ishlab chiqilgan davlat raqamsiz Dasmas rusumli avtotransport vositasi hamda yerto‘lada mavjud bo‘lgan 20 dona maishiy gaz baloni yorilib yaroqsiz holga kelgan. 

Dastlab voqea joyi tuman FVB tomonidan ko‘zdan kechirilgan bo‘lib, ko‘zdan kechirish davomida yaroqsiz xolga kelgan 20 ta gaz ballonlar aniqlangan. 

Yong‘in sodir bo‘lgandan so‘ng voqea joyi tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan qo‘shimcha ko‘zdan kechirish davomida uyda yaroqsiz xolga kelgan 20 ta gaz ballonidan tashqari yana 23 dona gaz balloni borligi, shuningdek, O.N.ning yashash xonadonning orqa qismidan yer osti quvuri orqali tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanganligi va ushbu tarmoqqa gaz tortish uskunasi (nasos) o‘rnatilganligi aniqlangan.

Fuqaro O.N. o‘z ko‘rsatmasida xususiy korxona bilan tuzilgan kelishuvga asosan o‘zining avtomashinasida korxonaga tegishli gaz ballonlarga maishiy gaz to‘ldirib, yetkazish bilan shug‘ullanishini, voqea sodir bo‘lgan kuni yashash uyida elektr simiga lampochka patronini o‘rnatayotgan vaqtda chaqnash sodir bo‘lib yong‘in kelib chiqqanini, shundan so‘ng, uyda bo‘lgan gaz ballonlardan bir nechtasi portlab ketganini bayon qilgan. 

Olingan ashyoviy dalillar bo‘yicha X.Sulaymonova nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Ekspertiza markaziga sudga oid yong‘in ekspertizasi tayinlangan.

Yong‘in va uning natijasida kelib chiqqan gaz ballon portlashi natijasida jarohatlanganlar mavjud emas. 

Holat yuzasidan Samarqand tuman IIB TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari tuman prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Samarqand portlash

Baholaganlar

162

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing