Prigojin so‘zidan qaytdi

Olam

image
0:00
0:00
download

“Vagner” yollanma qo‘shinlari rahbari Yevgeniy Prigojin yollanma guruh Baxmutni tark etmasligini aytdi. Unga ko‘ra, Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner”ga keyingi jangovar harakatlarni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan o‘q-dorilarni berishga va’da bergan. Bu haqda Prigojinning matbuot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, general Sergey Surovikin Mudofaa vazirligi va “Vagner”ning harakatlarini muvofiqlashtirish uchun mas’ul etib tayinlangan.

“Bugun kechqurun biz shu vaqt ichida birinchi marta jangovar buyruq oldik, unda maxfiy ma’lumotlarni olib tashlasak, xulosa quyidagicha bo‘ladi: ular bizga keyingi harakatlarni davom ettirishimiz uchun zarur bo‘lgan o‘q-dorilar va qurollarni berishga va’da berishdi, biz Baxmutda o‘zimiz xohlagancha harakat qilishimiz mumkinligini aytishdi va bizga Surovikin Mudofaa vazirligi bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha “Vagner” harbiy operatsiyalari doirasida barcha qarorlarni qabul qiladigan shaxs sifatida berildi”, deydi Prigojin.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Prigojin “Vagner” Baxmutni 10 may kuni tark etishini e’lon qilgan, Ramzan Qodirov esa “Vagner” ketganidan so‘ng shahardagi ularning o‘rnini egallashga tayyorligini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Vagner Baxmut Prigojin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made