Prigojin halok bo‘ldi – “Rossiya 24”
Olam
−
24 avgust 2023
23137Rossiya Yevgeniy Prigojinning o‘limini rasman tasdiqladi. Tegishli xabarni "Rossiya 24" davlat kanali e’lon qildi.
Mamlakatning Tver viloyatidagi halokat joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar vayronalar ostidan sakkiz kishining jasadini olib chiqqan.
Prigojin o‘tirgan samolyot halokatga uchrashi sabablari bo‘yicha barcha versiyalar, jumladan, uchuvchi xatosi, texnik muammolar va tashqi ta’sir ko‘rib chiqiladi.
Avvalroq halokat oqibatida jami o‘n kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingandi: yetti yo‘lovchi va uch ekipaj a’zosi.
Federal havo transporti agentligi zudlik bilan bortda “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin bo‘lgani haqida xabar berdi.
Voqea joyida huquq-tartibot idoralari va Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari ish olib bormoqda. Rossiya matbuotiga ko‘ra, Tver viloyati gubernatori Igor Rudenya tergovni shaxsan o‘z nazoratiga olgan.
Kreml hozircha voqea yuzasidan izoh bermadi.
“Fontanka” nashrining yozishicha, samolyotda Prigojinning o‘zi, uning o‘rinbosari Dmitriy Utkin, Prigojinning operatori, “Vagner”logistiki va Prigojinning qo‘riqchilari bo‘lishi ehtimoli bor.
LiveBarchasi