Prezidentning Maxsus vakili Buyuk Britaniya aksilterror kompaniyasi rahbari bilan uchrashdi

Olam

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev kecha, 5 sentyabr kuni Buyuk Britaniyaning Afg‘oniston bo‘yicha aksilterror kompaniyasi rahbari Bxavik Shah bilan uchrashdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Tashqi ishlar vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda ikki tomon Afg‘onistondagi mavjud vaziyat, afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish, ushbu mamlakat milliy iqtisodiyotini tiklash borasida jahon hamjamiyatining sa’y-harakatlarini faollashtirish masalalari haqida suhbatlashdi.

Shuningdek, kompaniya rahbari O‘zbekistonning ushbu harakatlarda tutgan o‘rni haqida gapirdi. 

“Bxavik Shah Afg‘oniston bo‘yicha mintaqaviy yaxlit pozitsiyani shakllantirishda O‘zbekistonning muhim roli, terrorizm tahdidlarining mintaqa davlatlariga kirib kelishining oldini olishda mamlakatimiz sa’y-harakatlarini alohida ta’kidladi”, deb yoziladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Afg‘onistonga 1 mln dollarlik protein va vitaminlar yetkazib beradi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Buyuk Britaniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing