Idlibda sulh kuchga kirdi. Putin va Erdo‘g‘an nimaga kelishib oldi?
Olam
−
06 mart 2020
7272Bugun, 6 mart kuni Suriyaning Idlib viloyatida o‘t ochishni to‘xtatish rejimi kuchga kirdi. Bunga Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an muzokaralari natijasida erishildi.
Uchrashuvdan so‘ng imzolangan memorandumga ko‘ra, Suriya shimolidagi M4 trassasida 12 kilometrlik xavfsiz koridor yaratiladi. 15 martdan esa Rossiya va Turkiya uning atrofida patrul nazoratini olib boradi.
Yarashuv boshlanishi bilan Idlibda barcha to‘qnashuv nuqtalarida harbiy harakatlar to‘xtatilishi kutilyapti.
Putin erishilgan kelishuv Suriyadagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun yaxshi asos bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya va Turkiya Idlibda BMT Xavsizlik Kengashi tomonidan terrorchilik tashkiloti deb e’tirof etilgan barcha guruhlarni yo‘q qilishga kelishib oldi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 mart kuni Moskvada Putin va Erdo‘g‘an o‘rtasida muzokara bo‘lib o‘tdi. Ikki Prezidentning yakkama-yakka muloqoti 3 soat, delegatsiya bilan birgalikdagi muzokaralar bilan deyarli 6 soat davom etdi.
LiveBarchasi