Putin va Erdo‘g‘anning 3 soat nimani gaplashgani sir saqlanmoqda

Olam

image
Erdo‘g‘anning Mirziyoyevni aeroportdan kuzatgani O‘zbekistonda alohida voqealik sifatida baholanyapti north_east

Erdo‘g‘anning Mirziyoyevni aeroportdan kuzatgani O‘zbekistonda alohida voqealik sifatida baholanyapti

Xabaringiz bor, bugun, 5 mart kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Moskvada ushrashdilar. 

OAVda muloqotning boshlang‘ich 5 daqiqasi haqida ma’lumot berildi, xolos. Keyin barcha OAV xodimlari uchrashuv zalidan chiqarilib, Prezidentlar yopiq eshiklar ortidan yakkama-yakka qolgan.

Davlat rahbarlarining muzokaralari 3 soat davom etgan. Ayni vaqtda uchrashuv delegatsiya a’zolari bilan davom etmoqda. Xo‘sh, ular o‘rtasidagi suhbat qaysi mavzularda bordi, natija qanday? Idlibdagi keyingi vaziyat qay yo‘sinda boradi? Erdo‘g‘an aytganidek, ayni vaqtda butun dunyo nigohi Moksvadagi uchrashuvga qaratilgan. Ammo, bu savollarga javob topilgani yo‘q? 

Putin va Erdo‘g‘anning uchrashuvi Kremlda Moskva vaqti bilan soat 14: 06 da boshlandi. Uning asosiy mavzusi Suriyaning Idlib shahridagi keskin vaziyatni barqarorlashtirish edi. Muzokaralar boshlanishidan oldin, Rossiya Prezidenti Erdo‘g‘an bilan hozirgi vaziyatni muhokama qilish, bunday holat yana takrorlanmasligi va tomonlar qadrlaydigan Rossiya-Turkiya munosabatlari buzilmasligi kerakligini aytdi. Erdo‘g‘an muzokaralar natijasida Idlibdagi vaziyat yengillashishiga ishonch bildirdi. 

Idlibda vaziyat Xay’at Tahrir ash-Shom terrorchilari 27 fevral kuni Suriya armiyasi pozitsiyalariga keng ko‘lamli hujum uyushtirganidan keyin keskinlashdi. Suriya armiyasi bunga javoban jangarilar joylashgan hududlarni o‘qqa tutgan. Bunda esa asosiy figurant Rossiya bo‘lgani aytilmoqda. Suriya armiyasining javob zarbalari natijasida 34 nafar turk askari ham halok bo‘ldi. 30 dan ortig‘i jarohatlandi. 

Bunga javoban rasmiy Anqara Suriyaning shimoli-g‘arbida "Bahor qalqoni" deb nom olgan yangi harbiy operatsiyani boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

155

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing