Prezidentning Facebook sahifasiga uyushtirilgan xakerlik hujumi bo‘yicha tekshiruv o‘tkaziladi
Olam
−
05 mart 2021 5024 1 daqiqa
Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi mamlakat Prezidenti Sadir Japarovning Facebook sahifasiga xakerlik hujumi uyushtirilishi ortidan surishtiruv o‘tkazadi. Bu haqda “Kloop” nashri xabar berdi.
Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xakerlik hujumi xorijdan bo‘lganini ta’kidlamoqda.
Avalroq, Prezidentning matbuot kotibi Galina Bayterek Sadir Japarovning Facebook sahifasiga xakerlik hujumi uyushtirilganini va undagi so‘nggi izohlarga davlat rahbarining aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi.
Bundan avval Prezidentning sahifasidan deputat Doston Bekeshevaga nisbatan salbiy izohlar qoldirilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr