Qirg‘izistonda yana uch kishida koronavirus aniqlandi
Olam
−
20 mart 2020
7935Bugun, 20 mart kuni Qirg‘izistonda COVID-19 koronavirus infeksiyasi yuqtirganlar soni 3 nafarga ko‘paydi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Kosmosbek Cholponbayev ma’lum qildi.
“O‘sh viloyatining Nookat tumanida yana uch nafar kasallik yuqtirganlar aniqlandi”, deya ta’kidladi vazir.
O‘sh viloyatining Nookat tumanida favqulodda vaziyat e’lon qilindi.
Cholponbayevning so‘zlariga ko‘ra, yangi kasallanganlar ayni vaqtda shifoxonaga yotqizilgan va ularga zaruriy tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda. Yangi kasallanganlar bilan aloqa qilganlar aniqlanmoqda.
Joriy yilning 18 mart kuni Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida uch kishida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangandi. Barcha kasallanganlar Saudiya Arabistonidan, Umra safaridan qaytgan.
Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirus infeksiyasiga chalingan insonlar 250 mingga yaqinlashdi. 88 486 kishi virusdan forig‘ bo‘ldi. 10 050 kishi koronavirus qurboni bo‘ldi.
LiveBarchasi