Prezidentga nisbatan bo‘htonlar aytilyapti – Erdo‘g‘anning odami
Olam
−
20 mart
4262Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning asosiy siyosiy raqibi, Istanbul hokimi Ekrem Imomo‘g‘li bugun, 19 mart kuni hibsga olingani ortidan davlat rahbariga nisbatan tuhmat va bo‘htonlar aytilyapti. Bu haqda Turkiya prezidenti devoni Kommunikatsiyalar boshqarmasi rahbari Faxriddin Altun X'dagi sahifasida yozdi.
“Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan olib borilgan qator tekshiruvlar doirasida Istanbul shahar hokimligi xodimlari va boshqa gumondorlarni hibsga olish qaroridan so‘ng, ba’zi doiralar, ayniqsa, asosiy muxolifat partiyasi rahbarlari, siyosiy va mafkuraviy sabablar bilan tergovning yaxlitligiga putur yetkazishga harakat qilayotganini ko‘ryapmiz.
Boshlangan tergov-surishtiruv ishlarining mazmun-mohiyati, tafsilotlari bilan tanishmay turib, berilgan siyosiy-mafkuraviy baholar orasida Prezidentimizga nisbatan tuhmat va bo‘htonlar aytilayotganiga ham guvoh bo‘lmoqdamiz”, deydi Faxriddin Altun.
U sud organlarining mustaqilligiga putur yetkazish, shuningdek, Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anga daxl qilish, mafkuraviy tuhmat harakatlariga qarshi qarshi ekanini bildirgan.
“Mustaqil sud hokimiyati tomonidan qabul qilingan har qanday qaror jamiyatning barcha qatlamlari tomonidan hurmat qilinishi kerakligi haqidagi fikrimizni yana bir bor takrorlaymiz va biz Kommunikatsiya boshqarmasi sifatida bu jarayonda dezinformatsiyaga qarshi kurashimizni davom ettirishimizni eslatib o‘tamiz.
Fuqarolarimizdan tasdiqlanmagan va shubhali kontentdan ehtiyot bo‘lish orqali ushbu kurashni qo‘llab-quvvatlashlarini hamda har doimgidek rasmiy muassasalar va hokimiyatlarning bayonotlariga ishonishlarini so‘raymiz”, dedi u.
Eslatib o‘tamiz, Ekrem Imomo‘g‘li bugun, 19 mart kuni hibsga olingandi. Istanbul shahri talabalari Imomo‘g‘lining hibsga olinishiga qarshi namoyishga chiqdi. Buning ortidan Turkiya Adliya vaziri Yilmaz Tunch voqealar yuzasidan tegishli bayonotini e’lon qilib, Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan olib borilayotgan tergov harakatlari doirasida 106 nafar gumonlanuvchiga, jumladan, Istanbul shahar hokimiga nisbatan hibsga olish to‘g‘risida qarorlar chiqarilganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan 2 ta tergov harakatlari olib borilmoqda. Terrorizmga oid jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha byuro tomonidan olib borilayotgan tergov doirasida 7 kishiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Ular qatorida Istanbul shahar hokimi ham bor. Ushbu tergovda gumonlanuvchilar terrorchilik tashkilotiga yordam berish jinoyatini sodir etganliklari iddao qilinmoqda. Boshqa tergov harakatlari Uyushgan Jinoyatlarni tergov qilish Byurosi tomonidan olib borilmoqda. Ushbu tergov doirasida ham 100 nafar gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan, ular orasida ham Istanbul shahri hokimi ham Ekrem Imomo‘gli bor. Ushbu tergovda gumonlanuvchilar jinoiy uyushma tarkibida poraxo‘rlik, tovlamachilik, kim oshdi savdolarida til biriktirish, malakali (kvalifitsiyalangan, jiddiy, og‘ir) firibgarlik, shaxsiy ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda egallash kabi jinoyatlarni sodir etganliklari aytilmoqda. Ikkala tergov bo‘yicha jami 106 nafar gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
LiveBarchasi
20 mart
Temu O‘zbekistonda bloklandi.
20 mart