Prezidentga qarshi bo‘lib qolgan Bosh harbiy prokuror mamlakatdan qochib ketdi

Olam

image

Ukraina Bosh harbiy prokurori Anatoliy Matios mamlakatdan qochib ketdi, deb xabar bermoqda jurnalist Vasiliy Krutchak.

“Tolik Matios mamlakatdan ketdi. U (Vladimir) Zelenskiy va (Igor) Kolomoyskiyga kerak emas. Negaki, xoinlar sotib olinmaydi. Poroshenko esa uni Svinarchuk haqidagi ma’lumotlarning tarqab ketishi uchun emas, o‘g‘lining videosi sabab quvib yetadi”, degan Vasiliy Krutchak.

Jurnalist Matiosning qochib ketgani haqidagi ma’lumot prokurorning atrofidagilardan yetib kelganini qo‘shimcha qilgan.

Ta’kidlanishicha, Matiosning amaldagi Prezident Pyotr Poroshenko bilan munosabatlari juda yomon. Prezident o‘zining maslakdoshlari ota-o‘g‘il Gladkovskiylarning (avval Svinarchuk bo‘lgan) mudofaa sohasidagi nayrang va o‘g‘riliklari haqidagi ma’lumotlarni jurnalistlarga aynan prokuror berganini aytgan. Shuningdek, Poroshenkoning o‘g‘li mast holdagi videoni ham.

Joriy yilning fevral oyida “bihus.info” portali “Ukrmudofaasanoat”dagi korrupsion tizim haqida ma’lumot e’lon qilgandi. Bu tizimning ishtirokchilari Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibining birinchi o‘rinbosari va Pyotr Poroshenkoning sobiq biznes-hamkori Oleg Gladkovskiy va uning o‘g‘ri Igor harbiy texnika uchun Rossiya ehtiyot qismlarini kontrabanda yo‘li bilan olib kirish tizimini ishlab chiqishda ayblanyapti. Ularning narxi bozor narxidan 2-4 barobar qimmat bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Anatoliy Matios

Baholaganlar

232

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing