Toshkentda bemorlar va o‘lim holati ortdi. Prezident yig‘ilish o‘tkazmoqda
Jamiyat
−
15 iyul 2020
15878Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi o‘tmoqda. Kun tartibida – Toshkent shahri va poytaxt viloyatidagi keskin sanitar-epidemiologik vaziyat o‘rin olgan.
Yig‘ilish keyingi paytda ushbu hududlarda kuzatilayotgan koronavirus infeksiyasining yangi to‘lqini va o‘lim holatlarining ko‘payishi, shuningdek, aholi tomonidan tibbiy xizmatlar tezkorligi va sifati hamda dorixonalarda tibbiyot mahsulotlari narxining asossiz oshayotgani bo‘yicha ko‘plab murojaat va shikoyatlar tushayotgani sababli o‘tkazilyapti.
Avvalroq, davlat rahbari hokimlarga har kuni ertalab soat 8:00 dan 9:00 gacha, kechqurun soat 21:00 dan 22:00 gacha ijtimoiy tarmoqda aholi savollariga mukammal javob berishni topshirgandi.
LiveBarchasi